So`ngi yangiliklar
Qozog‘istondagi portlashda uch nafar o‘zbekistonlik fuqaro halok bo‘ldi
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Erdogʻan Mirziyoyevga TOGG elektromobilini sovgʻa qiladi
Turkiya prezidenti Rejep Toyyip Erdogʻan va uning rafiqasi mamlakatda ishlab chiqarilgan TOGG elektrokarining ilk sohiblariga aylanishdi.

Turkiya prezidenti Rejep Toyyip Erdogʻan va uning rafiqasi mamlakatda ishlab chiqarilgan TOGG elektrokarining ilk sohiblariga aylanishdi.
Anqaradagi prezident saroyida boʻlib oʻtgan tantanali topshirish marosimida konveyerdan yangi chiqqan TOGG T10X — C-sinfidagi krossoverning ikki xili rangdagisi — qizil va toʻq koʻk tuslisi taqdim etildi. Qizil rangli elektrokar Turkiyaning birinchi xonimi Amina Erdoʻgʻanga topshirildi. Shundan soʻng, Turkiya yetakchisi “Anadolu” deb ataluvchi mashinani boshqarib koʻrdi.
“Bugun biz xalqimizning 60 yillik orzusi roʻyobga chiqqanining guvohi boʻldik. TOGG rekordlarni urdi va u bizning oʻz avtomobilimiz”, – degan Erdoʻgʻan.
Shuningdek, Erdogʻan ushbu avtomobillar qardosh Oʻzbekiston hamda Ozarboyjon n prezidentlariga ham yetkazilishini aytdi.
“Aliyevga allaqachon yetkazildi. Bugun uni topshirishadi. Uning rangi Anadoʻlu (qizil) edi. Chunki Ilhom Aliyev shunaqasidan xohladi. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ham yuboriladi”, — dedi Erdogʻan.
TOGG — toʻrt yoʻlovchini bagʻriga oluvchi, faqat orqa gʻildiraklari yurituvchi bir motorli krossoverning 272 ot kuchiga quvvatiga ega oddiy versiyasi 7,6 soniya ichida 100 km/soat tezlikka erishadi.
U toʻla quvvatda 300 km yoʻl bosadi. Toʻliq yuritishga ega boʻlgan ikki motorli, 544 ot kuchiga ega varianti 100 km/soat tezlikka 4,8 soniyada erishadi va toʻla quvvat bilan 523 kilometr masofani bosib oʻtishi mumkin.
Akkumulyatorni 80 foizga quvvat bilan toʻldirish yarim soatdan koʻp vaqtni olmaydi. Ishlab chiqaruvchilar vaqt oʻtishi bilan TOGG C-SUV uchinchi darajadagi avtopilot bilan ham taʼminlanishini vaʼda qilishmoqda.



