So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda ayol 3 nafar farzandi bilan oʻzini 9 qavatdan tashladi. Voqea ortidan jinoyat ishi ochilgan
Marhumaning turmush oʻrtogʻi hozirda “Umra”da...
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Sergelida ayol 3 nafar farzandi bilan oʻzini 9 qavatdan pastga tashlagani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabar yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi.
Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura hamda Toshkent shahar prokuratura rahbariyati boshchiligidagi tezkor-tergov guruhi tomonidan voqea joyi koʻzdan kechirilib, tekshirish harakatlari olib borilgan.
Aniqlanishicha, 3-aprel kuni soat 19.20 larda Sergeli tumani 8-mavzedagi koʻp qavatli uyida yashab kelgan ayol (1996-y.t.) ikki nafar oʻgʻli va bir nafar qizini qasddan oʻldirish maqsadida, 9-qavatdan birin ketin derazadan tashlab yuborib, soʻngra oʻzi ham oynadan sakrab oʻz joniga qasd qilgan. Oqibatda barchasi hodisa joyida vafot etishgan.
Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97 (Qasddan odam oʻldirish) va 103 (Oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olingan maʼlumotlarga koʻra, marhuma ayol Toshkent viloyati Zangiota tumanida turmush oʻrtogʻi bilan istiqomat qilgan xonadonda 2022-yil oktyabr oyida yongʻin sodir boʻlganligi sababli 3 nafar farzandlari bilan birga onasining Sergeli 8-mavzesidagi uyiga kelib, ular bilan birga birga istiqomat qilib kelgan hamda ushbu holatlar uning ruhiyatiga salbiy taʼsir koʻrsatgan.
Shuningdek, marhumaning turmush oʻrtogʻi hozirda “Umra” ziyorati maqsadida Saudiya Arabistonda ekanligi aniqlangan.
Tergov guruhi tomonidan ushbu fojeaning barcha ehtimoliy sabablarini sinchkovlik bilan tekshirish maqsadida qator tergov taxminlari ishlab chiqilgan.
Xususan, oilaviy kelishmovchilik, marhumada kuzatilgan ruhiy oʻzgarishlarga olib kelgan sabablar, oʻz-oʻzini oʻldirish darajasiga keltirish va boshqa taxminlarning barchasi dastlabki tergov jarayonida batafsil tekshiriladi.
Izohlar 1
Исмоилова
2023-Apr-05 20:40Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir