So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda koʻp-qavatli uyning balkoni qulab tushdi. Bunga kuchli yomgʻir sabab boʻlgan
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda kuzatilgan kuchli yogʻingarchilik natijasida koʻp qavatli uylarning balkon qismi oʻpurilib tushgani aks etgan fotosuratlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani hokimligi maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinigicha, kecha, 2-aprel kuni Yakkasaroy tumani Bobur koʻchasida joylashgan 1963- yilda qurilgan 59-uyning 17-19-xonadonlari balkon qismi qulab tushgan.

Holat zudlik bilan Yakkasaroy tumani hokimligi, tuman FVB qutqaruvchilari va Toshkent shahar Hududiy uy-joy fondini nazorat qilish inspeksiyasi masʼullari tomonidan oʻrganilgan.

“Xonadon egalariga va uyning ichki qismiga hech qanday zarar yetmagan. Vaziyat boʻyicha tegishli tashkilotlar tomonidan instrumental texnik koʻrikdan oʻtkazish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirildi”, — deyiladi xabarda.