Qidirish

09:45 / 2023-04-03 648 0 Siyosat

“Suv hisobi” axborot tizimi yaratiladi — Prezident qarori

“Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

world-news

Qarorga koʻra, 2023-yil 1-apreldan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning quyidagi tartibi belgilanadi:

Tijorat banklari kreditlarining garov taʼminoti 50 foizgacha, biroq 2,5 milliard soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi kafilligi asosida taʼminlanadi;

Tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kreditlari boʻyicha foiz stavkasining asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun Jamgʻarma hisobidan kompensatsiya taqdim etiladi.

2024-yil 1-martgacha Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida barcha suv kirish nuqtalari boshqaruvini raqamlashtirish va suvni foydalanuvchilarga yetkazib berish boʻyicha tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladi.

Suv yetkazib beruvchi tashkilotlar va suv isteʼmolchilari oʻrtasida rasmiylashtirilgan dalolatnomalarni har oy yakuni bilan elektron shaklda toʻldirish hamda elektron raqamli imzolar orqali tasdiqlash imkonini beruvchi “Suv hisobi” axborot tizimi yaratiladi.

2025-yil 1-yanvardan quyidagi tartib joriy etiladi:

respublikaning barcha hududlarida “Suv hisobi” AT joriy qilinadi;

qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorishda ishlatilgan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarni hisoblashda “Suv hisobi” AT orqali taqdim etilgan maʼlumotlar asosida soliq organlari tomonidan soliq hisobotlarini avtomatik shakllantirib berish amaliyoti joriy etiladi.

2023-yil avgustgacha 2022-yilda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilgan hamda subsidiya mablagʻlarining 50 foizini olgan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga tizimlarning ishlatilishiga qarab belgilangan subsidiya miqdorining qolgan 50 foizi tuman ishchi guruhi xulosasi asosida ajratiladi.

2023-yil 1-maygacha suv resurslaridan samarasiz foydalanish va suv xoʻjaligi obyektlarining gidrotexnik inshootlaridan noqonuniy foydalanish yuzasidan javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha taklif ishlab chiqiladi.

Izohlar 0

Fikr bildirish