So`ngi yangiliklar
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
“Internet portlagach, hamma idora tilga kirdi” – Xushnud Xudoyberdiyev Xorazmdagi vahshiylik haqida
Huquqshunos bloger barcha idoralar soxta achinishlarga boy bayonotlar berayotganini tanqid qilgan.

Huquqshunos bloger Xushnud Xudoyberdiyev Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi 1-sonli oilaviy bolalar uyida sodir boʻlgan holatga munosabat bildirdi. Blogerga koʻra, holat oʻtgan yili sodir boʻlgan ammo, bu internetga sizdirilmagungacha barcha davlat idoralari sukut saqlagan.
Jurnalist Irina Matviyenko (Nemolchi.uz loyihasi asoschisi) ning yozishicha, joriy yil fevral oyining boshida u Senat majlisida Xorazmdagi mana shu voqealar haqida hammaga gapirib bergan (sud hukmi 2022-yil 6-sentyabrda chiqqan).
Oʻsha majlisda senatorlar, Oliy sud, Adliya vazirligi va boshqa koʻplab tashkilotlar vakillari boʻlgan va bundan xabar topgan. Lekin hech narsa boʻlmagan. Birorta tashkilot bu haqida jiddiy oʻylab ham koʻrmagan.
Xuddi “ertalab quyosh chiqdi” degan oddiy xabarni eshitganday, majlisdan chiqiboq barchasini unutib yuborishgan. Oliy Sud ham, Bosh prokuratura ham, Bolalar ombudsmani ham oradan shuncha oy oʻtgan boʻlishiga qaramasdan bu haqida sukut saqlashgan. Balki oʻzlaricha “mundir hurmati”ni saqlagan holda davlat amaldorlarining bu sharmandachiligini yashirishgandir, kim bilsin.
Adliya hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi esa tizimi sharmanda boʻlmasligi uchun, bu xabarni berkitishdan manfaatdor boʻlgan. Va kecha Irina Matviyenko ushbu voqealar haqida batafsil maʼlumot eʼlon qilgach hamda buning natijasida ijtimoiy tarmoqlar portlagach, birdaniga hamma tashkilot “tilga kirib qoldi”.
Senat ham, Oliy Sud ham, Adliya va FVV ham, Bolalar Ombudsmani ham birdaniga oʻzidan sipo yasab olib, ushbu voqeadan chuqur qaygʻuda ekanligi, ishni nazoratga olishgani haqida birin-ketin bayonotlar berishdi. Bularning barchasi soxta achinishlarga boy bayonotlar. Xuddiki oʻzini hech narsadan xabari yoʻqday tutib, doʻppi tor kelib qolganidan noiloj berilgan bayonotlar. Agar ijtimoiy tarmoqlarda odamlar qahr va gʻazab sochmaganda edi, ushbu tashkilotlar ikki dunyoda ham bu voqeaga eʼtibor qaratib oʻtirmasdi.
Yoki agar ular rostdan bugungi kungacha bu voqeadan bexabar boʻlgan boʻlishsa, unda bu yanada yomon. Demak, ular bir tiyinlik tayinli ish qilishmayapti, oʻz vazifasini tayinli bajarishmayapti degani. Vaholanki tizim ichida turib, bu voqeadan bexabar qolib ketish uchun koʻzi koʻr, qulogʻi kar boʻlish kerak.
Xushnudbek Xudoyberdiyev
Eslatib oʻtamiz, bu mudhish jinoyatni jamoatchilikka “Sukut saqlama” loyihasi oshkor qildi. Maʼlum boʻlishicha, Xorazm viloyatida kamida ikki mansabdor – viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Aybek Masharipov (1979-y.t.) va tuman FVB rahbari Anvar Kuryazov (1984-y.t.) oilaviy mehribonlik uyidagi 15-17 yoshli qizlar bilan jinsiy aloqa qilib kelgan. Bu ishga qizlarni 10 oy davomida mehribonlik uyi mudirasi majburlab kelgan. Mudira 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan boʻlsa, ikki mansabdorga 1,5 yillik ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Bu jazoni avvaliga Xiva tumani sudi 2022-yil 6-sentyabrda tayinlagan. Uch nafar ayblanuvchi bergan shikoyatni koʻrib chiqqan Xorazm viloyati sudi apellyatsiya instansiyasi 27-dekabrdagi ajrimi bilan birlamchi hukmni oʻzgarishsiz qoldirgan.
Kun.uz internet-nashri yengil jazo tayinlangani holati boʻyicha sudga shikoyat qilish vakolati bolalar ombudsmanida ham borligi, lekin u bu vakolatidan foydalanmaganiga eʼtibor qaratgandi. Bola huquqlari boʻyicha vakil bu ishni oʻrganishni endi boshlagan.
Holat maʼlum boʻlib, ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlangani rezonansga sabab boʻlgach, 1-aprel kuni Prezident administratsiyasi shuʼba mudiri Saida Mirziyoyeva Bosh prokuraturadan holatni sinchiklab oʻrganib, huquqiy baho berishni soʻragandi.



