So`ngi yangiliklar
Qamchiq dovonida ob-havo keskinlashdi: haydovchilardan ehtiyotkorlik so‘ralmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Yulduz Usmonova 185 mln soʻmni shoirga toʻladimi?
Yulduz Usmonova hamda shoir oʻrtasidagi sud jarayoni va natijasi qanday yakunlangani haqida turli xabarlar tarqaldi.
Kecha, 11-yanvar kuni shoir Yoʻlchi Roʻziyev va estrada xonandasi oʻrtasidagi fuqarolik ishi boʻyicha navbatdagi apellyatsiya sudi boʻlib oʻtdi.
Qoʻshimcha dalillarni oʻrganish maqsadida sud ishni 2022-yil 18-yanvar kuniga qoldirdi.
Avvalroq, 29-oktyabr kuni Mirzo Ulugʻbek tumani fuqarolik sudida sanʼatkor Yulduz Usmonova hamda shoir Yoʻlchi Roʻziyev oʻrtasidagi sud jarayoni boʻlib oʻtgani haqida ochiq sud jarayonidan Effect.uz jurnalisti Fazliddin Mehmonov lavha tayyorlagan edi.
Keyinchalik, Effect.uz muxbiri Sevara Musurmonova shoir bilan suhbat oʻtkazdi.
Mazkur intervyuda shoir aslida nima boʻlganligini xalqqa ochiq aytgan edi.
Maʼlumot uchun, oldingi sud qaroriga koʻra, Yulduz Usmonova “Xasta boʻlma” qoʻshigʻining sheʼri muallifiga, yaʼni Yoʻlchi Roʻziyevga 185 mln soʻm toʻlaydigan boʻlgan edi.