So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Andijonlik ayol uch oʻgʻil egizakni dunyoga keltirdi
Birinchi goʻdak nisbatan kam vazn bilan tugʻilganligi bois alohida parvarishlanmoqda.
Andijon viloyati Izboskan tumanida yashovchi Muslimaxon Fayzullayeva va uning turmush oʻrtogʻi Dostonbek Fayzullayev biryoʻla uch egizak oʻgʻillarning ota-onasiga aylandi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, tugʻuruq jarayoni viloyat perinatal markazida mahoratli shifokorlar nazorati ostida kesarcha usulida, asoratsiz amalga oshirildi. Natijada 1715, 2350 va 2510 gramm bilan jajji chaqaloqlar dunyoga keldi.

Hozir ona va goʻdaklarning salomatligi yaxshi. Birinchi goʻdak nisbatan kam vazn bilan tugʻilganligi bois alohida parvarishlanmoqda.
Ikkinchi va uchinchi farzandlarning zarur vitamin hamda ona suti bilan oziqlanishi esa neonatolog shifokor va hamshiralar nazoratida.
Eslatib oʻtamiz, shu yil 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida yashovchi 35 yoshli ayol uch egizak qizaloqni dunyoga keltirgan edi.