So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Shavkat Umrzoqov oʻzi imzolagan qarorni bekor qildi
Toshkent shahrining yangi hokimi Shavkat Umrzoqov 27-mart kuni Konstitutsiya loyihasi targʻiboti uchun guruhlar tuzish haqida qaror imzolagan. Biroq, 31-mart kuni nomaʼlum sabablarga koʻra, ushbu qaror bekor qilingan.
Targʻibot guruhi tarkibida 1000 dan ortiq kishi, jumladan, oqsoqollar, oʻqituvchi, shifokor, yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari va boshqalar bor edi. Ularga 11 mingdan ziyod mahalla faollari yordam berishi aytilgan.
Shuningdek, hokim maslahatchisi Akmal Roʻzitoyev, Toshkent shahri tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Raxat Nabiyeva, Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning xotin-qizlar bilan ishlash va targʻibot guruhlarini muvofiqlashtirish boʻlimi bosh mutaxassisi Omila Aripova, “Milliy tiklanish” partiyasi Toshkent shahri kengashi raisi Otabek Jiyanboyev, xalq deputatlari Toshkent shahri kengashi deputati Toshpoʻlat Matiboyev, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori Botir Daminov va boshqalar ham kiritilgandi.

Shavkat Umrzoqov 1979-yilda tugʻilgan, muqaddam prokuratura tizimida ishlagan, 2011-yil iyunidan 2013-yil sentyabriga qadar Toshkent viloyati prokuraturasining iqtisodiy jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi boʻlgan, 2013-2018-yillarda Oʻzbekiston bosh prokuraturasida Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan. 2018-yil iyunida “Oʻzavtosanoat” raisi etib tayinlangandi. “Mehnat shuhrati” ordeni (2020) va “Sodiq xizmatlari uchun” medali (2013) bilan taqdirlangan.
Eslatib oʻtamiz, 2018-yil aprelidan buyon Toshkent shahriga hokimlik qilib kelgan Ortiqxoʻjayev 2023-yilning ilk haftalarida shaharda elektr va tabiiy gaz taʼminoti bilan bogʻliq jiddiy muammo yuzaga kelishi ortidan 16-yanvar kuni ishdan boʻshatildi.
Shundan soʻng, shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir