So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Surxondaryoda mahalla raisi fuqaroni koʻzini “oʻyib” oldi
Ushbu voqea yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda va jarayon Surxondaryo viloyati IIB tomonidan nazoratga olingan.
Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumanida mahalla raisi fuqaroning koʻzini urib, yorib yubordi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 28-mart kuni 18:00 larda Shoʻrchi tumani “Baxshtepa” mahallasi hududida mahalla raisi va fuqaro oʻrtasida oʻzaro kelishmovchilik oqibatida janjal kelib chiqqan. Janjal vaqtida mahalla raisi fuqaroning koʻz qismiga urib, tan jarohati yetkazgan.
Ushbu holat yuzasidan Shoʻrchi tuman IIB tomonidan fuqaroning olgan tan jarohatining ogʻirlik darajasini aniqlash maqsadida, sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan va tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ushbu voqea yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda va jarayon Surxondaryo viloyati IIB tomonidan nazoratga olingan.
Millarʻga intervyu bergan shifokorning maʼlum qilishicha, jabrlanuvchining holati yaxshi.
“Bemor bizga shikoyat qilib keldi. Kelganida koʻzidan yosh va qon oqayotgandi. Koʻzining shohpardasi yorilgan va ichki qismlari chiqqan edi. Zudlik bilan birlamchi xirurgik ishlov berildi. Bemorning bugungi ahvoli yaxshi”, — deydi shifokor.