So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Ukrainaga tinchlikparvar qoʻshinlarni yuborish masalasi borgan sari qonuniy boʻlib bormoqda” — Orban
Ukrainaga tinchlikparvar qoʻshinlarni yuborish masalasi borgan sari qonuniy boʻlib bormoqda. Yevropa davlatlari bu oʻtib boʻlmaydigan chegaraga yaqinlashdi, deb bayonot berdi Vengriya bosh vaziri Viktor Orban.
Uning soʻzlariga koʻra, Ukrainada jangovar harakatlar rivojlanishi bilan tinchlikparvar qoʻshinlarni yuborish masalasi borgan sari qonuniylashib bormoqda.
“Biz bu oʻtib boʻlmaydigan chegaraga yaqinmiz”, - dedi Orban. Biroq, Orban gap qanday qoʻshinlar haqida ketayotgani va YEIga aʼzo davlatlardan qaysi biri bu masalani muhokama qilishga tayyorligini maʼlum qilmadi.
Bosh vazir Vengriya xavfsizligiga toʻxtalib oʻtdi, u Ukrainadagi jangovar harakatlar avj olishi mamlakat uchun ochiqdan-ochiq xavf ekanligini aytdi.
“Jahon urushi tahdidi adabiy giperbola emas. Bu ayni paytda haqiqiy xavf”, - deya qoʻshimcha qildi Orban.
Vengriya bosh vaziriga urushni emas, tinchlikni qoʻllab-quvvatlovchi davlatlar soni koʻpaymayotgani, Yevropa davlatlarining aksariyati Ukrainaga tobora koʻproq harbiy yordam yuborishda davom etayotgani yoqmadi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir