So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Rus askarlari Buchada mingdan ortiq odamni oʻldirishgan” — Zelenskiy
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev viloyatining Bucha shahrida rus askarlari 1,4 mingdan ortiq Ukraina fuqarosini oʻldirganini aytdi. Bu haqda Ukraina rahbari rasmiy Telegram sahifasida maʼlum qildi.
“Bucha. 33 kunlik ishgʻol. 1,4 mingdan ortiq oʻlim, ulardan 37 nafari bolalar. 175 dan ortiq odam qabrlar va qiynoq kameralari, 9 ming Rossiya harbiy jinoyatlari...
Bu bosqinchi davlat armiyasining vahshiyliklarining ramzi. Biz buni hech qachon kechirmaymiz. Barcha aybdorlarni jazolaymiz”, — dedi Zelenskiy.
Eslatib oʻtamiz, 2022-yil 24-fevralda keng koʻlamli bosqin boshlanishi bilan ruslar Belarus hududidan Kiyev viloyatiga kirib kelishdi.
Buchada rus askarlari gʻayriinsoniy vahshiylik qildilar: ayollarni zoʻrladilar, ularning erlarini oʻldirdilar. Bundan tashqari tinch aholini qatl etish, qiynoqlar va zoʻrlash, shuningdek, talon-taroj qilish holatlari qayd etilgan. 2022-yil 31-mart kuni Ukraina Qurolli kuchlari Bucha shahrini Rossiya ishgʻolidan ozod qildi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir