So`ngi yangiliklar
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
“Namanganda oltin quymalarning noqonuniy muomalasiga chek qoʻyildi” — DXX
Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida umumiy bahosi 1 mlrd. 124 mln. soʻmlik, jami 1 kg 535 gr. oltin quymalari hamda 40 ming AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida oltin quymalarning noqonuniy muomalasiga chek qoʻyildi. Bu haqda DXX Axborot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, dastlab Andijon shahrida yashovchi, 1984-y.t., muqaddam sudlangan shaxs ogʻirligi 672 gr. boʻlgan bir boʻlak oltin quymasini Namangan shahrida istiqomat qiluvchi, 1981-y.t. zargarga 40 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ularning ikkalasi ham ushlandi.
Soʻngra ushbu zargar buyurtmasiga koʻra, Olmaliq shahridan ogʻirligi 613 gr. boʻlgan bir boʻlak oltin quymasini olib ketayotgan Namangan shahrida yashovchi, 1986-y.t. fuqaro boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashina Chust tumanida toʻxtatilib, ashyoviy dalil protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Boshqa bir holatda esa Namangan shahrida yashovchi, 1991-y.t., muqaddam sudlangan shaxs Pop tumani hududida Angren shahrida istiqomat qiluvchi, 1988-y.t. fuqaro bilan uchrashib, undan ogʻirligi 250 gr. boʻlgan 3 ta oltin quymasini sotib olgan vaqtida ularning ikkalasi ham ushlandi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida umumiy bahosi 1 mlrd. 124 mln. soʻmlik, jami 1 kg 535 gr. oltin quymalari hamda 40 ming AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olindi.



