So`ngi yangiliklar
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Fargʻonada 18 yoshli qiz atraksiondan tushib ketdi
Atraksiondan tushib ketgan qiz olgan tan jarohati boʻyicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
.jpg)
Fargʻona viloyatida 18 yoshli qiz atraksiondan tushib ketdi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2005-yilda tugʻilgan voyaga yetmagan N.O 23-mart kuni Rishton tumani markaziy istirohat bogʻidagi “Piratskiy korabl” nomli atraksionda uchayotib, ehtiyotsizlik oqibatida atraksionidan tushib ketib, tan jarohati olgan hamda tuman tibbiyot birlashmasining qabul boʻlimiga olib borilgan.
Mazkur holat yuzasidan shu kunning oʻzida Rishton tumani IIB tomonidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan va N.O.ning olgan tan jarohati boʻyicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
“Hodisa sabablarini aniqlash, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilingan yoki qilinmaganligini aniqlash yuzasidan Bandlik boshqarmasiga tegishli hujjatlar taqdim etilgan.
Hozirgi kunda voyaga yetmagan N.O Bagʻdod tuman tibbiyot birlashmasida shifokorlarning nazoratida davolanmoqda va ahvoli yaxshilanyapti.
Holat yuzasidan Rishton tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.



