So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻquvchilarni dars vaqtida pul yigʻishga yuborilishiga yoʻl qoʻygan maktab direktori vazifasidan ozod etildi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova mazkur holatni oʻrganish boʻyicha tezkor topshiriq bergan.
Toshkent viloyati, Oqqoʻrgʻon tumanida joylashgan 17 maktab oʻquvchilarining dars vaqtida uylariga pul olib kelishi uchun joʻnatilgan aks etgan videodagi holat tezkor tarzda oʻrganish boʻyicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova tomonidan topshiriq berildi.
Oʻrganish jarayonida mazkur holat haqiqattan ham “Tashabbusli byudjet” bilan bogʻliqligi oʻz tasdigʻini topdi. Maktabi yaqinda taʼmirdan chiqqan boʻlishiga hamda qayta-qayta ogohlantirishlarga qaramay hech qanday soʻz bilan oqlab boʻlmaydigan holatga yoʻl qoʻyganligi uchun maktab direktorini lavozimidan ozod etish boʻyicha qaror qabul qilindi, oʻqituvchiga esa ogohlantirish berildi.
“Bu holat qolgan maktablarda takrorlanmasligiga ishonamiz hamda maktabga oʻqituvchi dars bergani, farzandlarimiz esa taʼlim olish uchun borishini unutmasligingizni soʻrab qolamiz”, — deyiladi xabarda.