So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
DXX Suriyadagi jangarilarga qoʻshilmoqchi boʻlgan fuqaroni Rossiyadan ushladi
“Tavhid va jihod katibasi” terroristik guruhi tarafdori Rossiyada ushlandi, deya xabar bermoqda DXX matbuot xizmati.
1987-yil Surxondaryo viloyatida tugʻilgan “J.X.” 2016-2021-yillarda mehnat migranti sifatida Rossiya Federatsiyasining Krasnodar oʻlkasida ishlashi davrida ijtimoiy tarmoqlar orqali Suriya davlati hududidagi “Tavhid va jihod katibasi” terroristik guruhi aʼzolari bilan muloqotga kirishib, ularning taʼsiriga tushib qoladi.
Natijada “J.X.” ekstremistik oqimlar va terroristik tashkilotlar gʻoyaviy rahnamolarining “jihod”ga chorlovchi materiallarini oʻzining yaqin tanishlari orasida targʻib qila boshlaydi.
Shuningdek, u jangarilar safiga qoʻshilish maqsadida Suriyaga ketmoqchi boʻlgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Rossiya huquq-tartibot idoralari hamkorligida ushlanib, Oʻzbekistonga olib kelindi. Hozirda unga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.