So`ngi yangiliklar
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Referendum oʻzi nima va unda ovoz berish tartibi qanday?
Oʻzbekiston Respublikasining referendumi Respublika qonunlarini va boshqa qarorlarni qabul qilish maqsadida jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishidir.
Referendum saylovlar bilan bir qatorda xalq irodasining bevosita ifodasi boʻlib, unda qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuchga ega boʻladi.
Referendum tushunchasi qanday maʼnoni anglatadi?
“Referendum” soʻzining maʼnosi davlat ahamiyatiga ega boʻlgan muhim masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan va baʼzan qonunlar qabul qilish uchun asos boʻlib xizmat qiladigan umumxalq soʻrovi, ovoz berish yoʻli bilan xalq fikrini aniqlashdir.
Oʻzbekistonda “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi qonun dastlab 1991-yil 18-noyabr kuni qabul qilingan boʻlib, mazkur qonun yillar davomida xalqaro va Oʻzbekiston Respublikasida orttirilgan amaliy tajribalarni inobatga olgan holda 2001-yil 30-avgust kuni yangi tahrirda qabul qilingan.
Agar referendumda qabul qilingan qarorlarda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, qarorlar faqat referendum yoʻli bilan bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi mumkin. Referendum Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida oʻtkaziladi
Referendumda ovoz berish tartibi qanday?
Referendumda ovoz berish byulleteni fuqaro tomonidan yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasida toʻldiriladi. Ovoz berish byulletenini toʻldirish vaqtida ovoz beruvchidan boshqa shaxslarning hozir boʻlishi taqiqlanadi.
Byulletenni mustaqil ravishda toʻldirish imkoniga ega boʻlmagan fuqaro oʻz xohishiga koʻra, referendum oʻtkazuvchi komissiya tarkibiga kiradigan shaxslardan, kuzatuvchilardan boshqa biron kishini kabina yoki xonaga taklif qilishga haqlidir.
Fuqarolar ovoz berish byulletenida referendumga qoʻyilayotgan masala boʻyicha oʻzi ovoz berayotgan variant roʻparasida, oʻng tomonda joylashgan boʻsh kvadratga koʻrsatilgan belgilardan birini qoʻyadi.
Toʻldirilgan byulletenni fuqaro ovoz berish qutisiga tashlaydi. Ovoz berish qutilari referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasi aʼzolariga hamda kuzatuvchilarga koʻrinib turishi kerak.
Buzib qoʻyilgan ovoz berish byulleteni fuqaroning iltimosiga koʻra, yangisi bilan almashtirilishi mumkin. Buzib qoʻyilgan ovoz berish byulletenlari hisobga olinishi, bekor qilinishi va alohida saqlanishi lozim.
Ayrim fuqarolar sogʻligʻining holatiga yoki boshqa sabablar bilan ovoz berish binosiga kela olmasa, ularning iltimosiga koʻra, referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasi ovoz berishni ana shu fuqaro turgan joy boʻyicha, koʻchma ovoz berish qutilaridan foydalanib tashkil etadi.
Fuqarolar muddatidan oldin ham ovoz berishi mumkinmi?
Referendum kuni oʻz yashash joyida boʻlish imkoniyatiga ega boʻlmagan ovoz beruvchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
Muddatidan oldin ovoz berish referendumga oʻn kun qolganida boshlanadi va referendumga uch kun qolganida tugallanadi. Muddatidan oldin ovoz berishni oʻtkazish vaqti Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi va fuqarolarning, kuzatuvchilarning eʼtiboriga ommaviy axborot vositalari orqali yetkaziladi.
Ovoz beruvchi muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun referendum kunida boʻla olmasligining sabablari (taʼtil, xizmat safari, xorijga chiqish va hokazo) koʻrsatilgan ariza asosida tegishli uchastka komissiyasidan referendumda ovoz berish byulletenini oladi va tegishli uchastka komissiyasining kamida ikki nafar aʼzosi hozirligida ovoz beruvchi fuqarolar roʻyxatiga imzo qoʻyadi. Referendumda ovoz berish byulleteni maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida ovoz beruvchi tomonidan toʻldiriladi.
Ovoz beruvchi qaror qabul qiladi va toʻldirilgan referendumda ovoz berish byulletenini yopiq konvertda qoldiradi, konvert tegishli uchastka komissiyasining seyfida saqlanadi. Konvertning yelimlangan joyiga uchastka komissiyasining ikki nafar aʼzosining imzolari qoʻyilib, ular komissiyaning muhri bilan tasdiqlanadi.
O.Egamberdiyev, Fuqarolik ishlari boʻyicha Urgut tuman sudining sudyasi