So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Soliq qoʻmitasida xatoga yoʻl qoʻygan rahbarlar jiddiy jazolandi
Bugun, 28-mart kuni soat 13:00 ga qadar ortiqcha olingan boʻnak mablagʻlari soliq toʻlovchilarga qaytariladi
Ijtimoiy tarmoqlarda aks sado bergan Toshkent shahrida qayd yetilgan foyda soligʻi boʻyicha holatlar Soliq qoʻmitasi tomonidan zudlik bilan oʻrganildi. Natijada bir nechta rahbarlarga jiddiy jazo choralari qoʻllanildi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.
Bugun, 28-mart kuni soat 13:00 ga qadar ortiqcha olingan boʻnak mablagʻlari soliq toʻlovchilarga qaytariladi.
Qoʻmita majburiy tarzda boʻnak undirilishini oʻzboshimchalik, deb baholagan. Tezkor oʻrganish natijalari tanqidiy ravishda koʻrib chiqilib, kamchiliklarga yoʻl qoʻyganliklari uchun Soliq qoʻmitasi masʼul nazorat departamenti boshligʻi B.Muqimov va Toshkent shahar boʻlim boshligʻi O.Lutfullayev egallagan lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshligʻi Yu.Nasimjanov va boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari J.Mirpoʻlatovning maxsus unvonlari bir pogʻonaga pasaytirilib, intizomiy jazo chorasi belgilandi.
Soliq qoʻmitasi soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish departamenti boshligʻi X.Bazarovga nisbatan xayfsan intizomiy jazo chorasi tayinlandi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir