So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Baxtiyor Rahmonov yangi lavozimga tayinlandi
Vaqtincha poytaxt hokimi boʻlgan Baxtiyor Rahmonov yangi lavozimga tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzakov tomonidan imzolangan qarorda maʼlum qilingan.
Qayd etilishicha, Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahar hokimining qurilish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimida ish boshladi.
Baxtiyor Rahmonov shu paytga qadar Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Joriy yilning 23-mart kuni Shavkat Umrzoqov Toshkent shahrining yangi hokimi sifatida ish boshlagani xabar qilingandi.
2018-yil aprelidan buyon Toshkent shahriga hokimlik qilib kelgan Ortiqxoʻjayev 2023-yilning ilk haftalarida shaharda elektr va tabiiy gaz taʼminoti bilan bogʻliq jiddiy muammo yuzaga kelishi ortidan 16-yanvar kuni ishdan boʻshatildi.
Shundan soʻng, shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.
Baxtiyor Rahmonov — 1959-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan. 1981-yilda Kiyev muhandislik-qurilish institutini, 2000-yilda Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
U koʻp yillar davomida qator rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2018-yildan Toshkent shahar Olmazor tumani hokimi lavozimida ishlagan.
2021-yil yanvaridan Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir