So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Surxondaryoda jarima maydonida turgan mashina “radar”ga tushib qoldi
Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Bekmirza Normurodov 2021-yil ikkilamchi bozordan “Damas” rusumli avtomashina sotib olib, 6-yanvar kunida avtomobilni tegishli qonuniy tartiblarga koʻra oʻz nomiga rasmiylashtirdi.
Biroq Oradan yetti oy oʻtgach, yaʼni 2021-yilning 21-iyul kuni avtomashina avval Shoʻrchi tumani IIB YHXB jarima maydonchasiga, soʻngra viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasiga olib ketiladi. Normurodov sotib olgan avtomashinaning avvalgi egalaridan biriga jinoyat ishi ochilganligi va jinoyatga aloqadorligi uchun mashina tergov boshqarmasi jarima maydonchasida saqlanishi shart ekanligi rasmiylar tomonidan vaj qilingan.
Eng qiziq tomoni esa mashina jarima maydonida turar ekan, oradan bir necha oy vaqt oʻtib, Bekmirza akaning nomiga yoʻl qoidasini buzganlik uchun jarima qogʻozi keladi. Unda qayd etilishicha, 2021-yilning 13-noyabr kuni soat 19:45da davlat raqami “75W599MA” boʻlgan “Damas” rusumli avtomashina Surxondaryo viloyati Angor tumanida M-39 avtoyoʻlining “Almati-Bishkek-Toshkent-Termiz” yoʻnalishidagi 70 km/s tezlik belgilangan hududida 85 km/s tezlik bilan harakatlangan.
Viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasiga qarashli jarima maydonchasida saqlanayotgan transport vositasi qanday qilib yoʻlga chiqib ketgani va uni kim boshqargani esa nomaʼlum.
Endilikda fuqaroning oʻz mashinasiga egalik qila olmayotgani yetmaganidek, “yemagan somsasiga pul toʻlab”, jarima ham toʻlashiga toʻgʻri kelmoqda.
Uzoq vaqt davom etayotgan jinoiy ish qachon nihoyasiga yetishi aniq emas. Bekmirza Normurodov xarid qilgan “Damas” qaytarilishi yoki uning zarari undirilishi haqidagi savollar ham hozircha ochiq?
Holat yuzasidan rasmiy shaxs va tashkilotlarning munosabati kutilmoqda.