So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Chorvoq suv ombori qirgʻogʻidan odam suyaklari topildi
Suv omborining atrofida bir vaqtlar qabriston boʻlgan va bunday holatlar tez-tez kuzatilib turadi.
Kecha, 27-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Chorvoq suv omborida suv sathining pasayishi oqibatida yuzaga chiqib qolgan odam suyaklari aks etgan video tarqaldi.
Video mualliflari ushbu suyaklar bu yerga choʻmilgani kelib choʻkib ketgan odamlarga tegishli ekanini taxmin qilishgan.
Boʻstonliq tuman prokuraturasi tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida suv omborining ushbu qirgʻogʻida bundan bir necha yillar avval Boʻstonliq tumanidagi “Bolodala” mahallasi aholisining “Bezgati bogʻ” qabristoni boʻlgani, Chorvoq da suv sathining koʻtarilishi natijasida qabriston suv ostida qolib ketgani aniqlangan. Ayni paytda suv omborida suv sathi pasaygani sababli qabristondan odam suyaklari yuzaga chiqib qolgan.
“Chorvoq suv omborida har yilning boshida suv sathi pasayishi natijasida bunday holatlar kuzatilib turadi. Hozir mazkur holat yuzasidan prokuratura tomonidan olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasi boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi”, — deyiladi xabarda.