So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Isroil prezidenti sud-huquq islohoti toʻgʻrisidagi reformani toʻxtatishga chaqirdi
Isroil prezidenti Isxak Gersog hukumatni sud-huquq islohotini qabul qilishni zudlik bilan toʻxtatishga chaqirdi. Bu haqda Jerusalem Post xabar berdi.
“Isroil xalqining birligi, masʼuliyat uchun sizni qonunchilik jarayonini zudlik bilan toʻxtatishga chaqiraman”, — deya prezident soʻzlarini keltirdi gazeta.
Kecha, 26-mart kuni minglab isroilliklar Quddusdagi Bosh vazir Benyamin Netanyaxu mudofaa vaziri Yoav Gallantni ishdan boʻshatgandan soʻng uning qarorgohi yaqinidagi politsiya nazorat punktini buzib oʻtdi.
Bir kun avval Gallant televideniye orqali xalqqa murojaatida xavfsizlik nuqtayi nazaridan sud-huquq islohotlarini toʻxtatib qoʻyishga chaqirgan edi.
Shundan soʻng Isroilning Nyu-Yorkdagi bosh konsuli Asaf Zamir ham olib borilayotgan sud-huquq islohoti mamlakat demokratik tuzumining poydevorini yoʻq qilishini taʼkidlab, oʻz lavozimini tark etishga qaror qildi.
IDF rezervidagi turli guruhlar hukumatga sud-huquq islohotlarini toʻxtatishni talab qilib, bir necha bor ochiq xatlar yozdilar va norozilik sifatida zahirada xizmat qilishdan bosh tortdilar, ular orasida elita boʻlinmalari va havo kuchlari uchuvchilari ham bor edi.
Netanyaxu hukumati taklif qilgan qonunlar toʻplami Oliy sud vakolatlarini sezilarli darajada cheklaydi, shuningdek, hokimiyatga sudyalarni tayinlash ustidan nazoratni beradi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir