So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Namanganda ikki nafar advokatga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Ular fuqarolarni ishini hal qilib berish evaziga pul talab qilishgan.
Namangan viloyatida 4 kun ichida suddagi ishlarni oʻsha yerda ishlaydigan tanishlari orqali ijobiy hal qilib berish evaziga fuqarolardan pul talab qilgan ikki nafar advokat qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, advokat A.Yu. Namangan tumanlararo maʼmuriy sudida koʻrilayotgan ishni sud xodimlari orqali ijobiy hal qilib berish evaziga ish boʻyicha tarafdan 12.000 AQSH dollari talab qilib, shundan 7000 AQSH dollarini olayotgan paytda daliliy ashyolar bilan qoʻlga olinadi.
Ikkinchi holatda esa yana bir mahalliy advokat A.N. fuqarolik ishlari boʻyicha Namangan tumanlararo sudida koʻrilayotgan nikohni bekor qilishga oid ish boʻyicha (taraflarga beriladigan) 6 oylik muddatni uch oyga qisqatirib berish evaziga talab qilgan pulni olayotganda ushlanadi.
Hozirgi vaqtda har ikki holat yuzasidan firibgarlik va pora berishga urinish alomatlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.Tergov harakatlari olib borilmoqda.