So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Tashabbusli byudjet” loyihasi qayta koʻrib chiqiladi — Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Tarmoqlardagi norozichiliklardan soʻng, mazkur loyiha qayta koʻrib chiqiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda budjet tashkiloti xodimlarini maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi loyihalarga ovoz berishga majburlash holatlari yuzasidan xabarlar tarqalmoqda. Mazkur holatlar yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, vazirlik tomonidan oʻrganish ishlari olib borilgan. Oʻrganish natijalariga koʻra, yirik mahallalar aholi soni yuqori boʻlganligi sababli ovoz berishda ustunlikka ega boʻlish holatlari aniqlangan.
Ovoz berishda tengsizlikka yoʻl qoʻymaslik, shuningdek, barcha mahallalar aholisi uchun loyihalarni amalga oshirishda teng imkoniyatlar yaratish maqsadida vazirlik tomonidan bir qancha texnik va uslubiy yechimlar ishlab chiqilmoqda.
Jumladan:
Face ID identifikatsiya qilish mexanizmini joriy etish. Bunda, tasdiqlangan foydalanuvchilar tomonidan berilgan ovozlar SMS orqali berilgan 5 yoki 10 ovozga teng keladigan variant koʻrib chiqiladi;
kam sonli aholi yashaydigan mahallalar aholisi tomonidan ilgari surilgan loyihalar uchun koʻpaytirish koeffitsiyenti joriy etiladi.
Bu kichik mahallalar loyihalariga katta mahallalar aholisi tashabbusi bilan teng sharoitlarda raqobatlashish imkonini beradi.
“Tashabbuslar uchun ovoz berishning shaffofligi va adolatliligini taʼminlashga qaratilgan boshqa takliflar ishlab chiqilmoqda.
“Tashabbusli budjet” loyihasini yanada rivojlantirish yuzasidan keng jamoatchilikni xabardor qilish va takliflarini hisobga olish maqsadida vazirlik rasmiy kanallarida batafsil maʼlumotlar eʼlon qilib boriladi”, — deyiladi xabarda.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir