So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari qamoqqa olingani aytilmoqda
Agentlikdagi hibsga olishlar bilan vazirlik mulozimining qamoqqa olinishi Janubiy Koreyaga ishga yuborish jarayonida yoʻlga qoʻyilgan korrupsion sxemaning fosh boʻlishi bilan bogʻliq. Biroq na Mehnat vazirligi va na tergov organi bu haqda hech qanday bayonot bergani yoʻq.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari Afzal Ermatov qamoqqa olingan. Bu haqda Kun.uz hukumatdagi manbasiga tayanib xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, Afzal Ermatov Jinoyat kodeksining 205-moddasida (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda gumonlanmoqda.
Agentlik matbuot kotibi Ortiqxoʻja Norov rahbarining yanvar oyidan buyon ishga chiqmaganini tasdiqlagan, biroq jinoyat ishi va ilgari surilayotgan ayblov haqida maʼlumotga ega emasligini taʼkidlagan.
Xorijiy nashrlarda qayd etilishicha, Migratsiya agentligi mansabdorlariga qarshi ochilgan jinoyat ishi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan qoʻzgʻatilgan va 3-yanvar kuni agentlik binosida tintuv oʻtkazilgan. Jinoyat ishi doirasida yana uch mulozim soʻroqqa chaqirilgan, ularning ayrimlari hibsga olingan.
Qayd etish kerak, joriy yilning boshida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Migratsiya agentligi ustidan nazorat qilishga masʼul boshqarma boshligʻi qamoqqa olingan edi. U migrantlarga aviachipta ustiga narx qoʻyib sotish orqali firibgarlik qilganlikda gumonlanayotgandi.
Maʼlum boʻlishicha, agentlikdagi hibsga olishlar bilan vazirlik mulozimining qamoqqa olinishi Janubiy Koreyaga ishga yuborish jarayonida yoʻlga qoʻyilgan korrupsion sxemaning fosh boʻlishi bilan bogʻliq. Biroq na Mehnat vazirligi va na tergov organi bu haqda hech qanday bayonot bergani yoʻq.
Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi axborot xizmati Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mansabdorlariga qarshi ochilgan jinoyat ishi kim tomonidan qoʻzgʻatilgan boʻlsa, shu organ maʼlumot berishi kerakligi, ayni paytda prokuratura organlari ish yurituvida bunday ish yoʻqligini bildirdi.
2010-yildan 2013-yilgacha Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida rahbar boʻlib ishlagan, 2022-yilning martidan yana ushbu lavozimga qaytgan Afzal Ermatov 2018-yilda Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “a” bandi va 211-moddasi 3-qismi “a” bandi (juda koʻp miqdorda pora berish) bilan ayblanib, jarima jazosiga hukm qilingan.
2022-yil 17-martdan boshliq vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan va 2022-yil 1-noyabrdan rasman toʻlaqonli boshliqqa aylangan.
Maʼlumot oʻrnida, Afzal Ermatov – Migratsiya agentligining 5 yil ichidagi yettinchi rahbari hisoblanadi.
2017-yil mart va aprel oylarida Janubiy Koreyada ishlashni istovchilarni roʻyxatga olish boʻyicha oʻtkazilgan test sinovlarida kuzatilgan mojaro ortidan agentlikning oʻsha paytdagi rahbari Ulugʻbek Nazarov oʻz lavozimini tark etgandi.
2018-yilning bahorida uning oʻrniga Hojibaxlil Asamov tayinlangandi. Keyinchalik Asomov lavozimini Ravshan Ibragimovga boʻshatib berdi. Biroq u qamalgach, 2019-yil oxirida agentlikka Baxtiyor Tursunov kelgandi. U 2020-yil yozida lavozimini tark etdi va uning oʻrnini Muhammadzokir Mamatxonov egalladi. Muhammadzokir Mamatxonov 2021-yil fevralida Namangan viloyatining Uychi tumani hokimi sifatida ish boshlagach, agentlik rahbarligiga Xayrulla Umarov tayinlangandi.



