So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Ukraina oʻq-dori va qurol-yarogʻ yetishmasligi sababli hozircha qarshi hujumga oʻta olmaydi” —Zelenskiy
Zelenskiy Yaponiyaning Yomiuri gazetasiga intervyu berdi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy armiya hozircha sharqiy yoʻnalishda qarshi hujumga oʻta olmasligini tan oldi va buni qurol-yarogʻ yetishmasligi bilan izohladi.
“Biz qarshi hujumni hozircha boshlay olmaymiz. Tanklar, artilleriya va AQSHning bir nechta raketa tizimlari HIMARSʻsiz biz jasur askarlarimizni frontga joʻnata olmaymiz”, - dedi Ukraina rahbari.
U, shuningdek, oʻq-dorilarning jiddiy taqchilligiga ishora qilib, Kiyev hamkorlardan ularning taʼminotini kutayotganini taʼkidladi.
Ukraina va Rossiya oʻrtasida tinchlik muzokaralarini qayta boshlash imkoniyatiga toʻxtalar ekan, Zelenskiy “buning uchun mutlaqo hech qanday shart-sharoit yaratilmagan” degan fikrni bildirdi.
Bundan tashqari, u Xitoy tomonidan taklif qilingan tinchlik rejasiga shubha bilan qarashini aytdi.
“Xitoydan vositachilik qilish yoki muzokaralar tashkil etish boʻyicha hech qanday taklif olganimiz yoʻq”, — deb qoʻshimcha qildi Ukraina prezidenti.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir