So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
“Direktor halol boʻlsa, uning yonida men turaman!” — Hilola Umarova
Vazir maktab direktorlariga yagona talab qoʻydi, bu ham boʻlsa halollik...

Bugun, 25-mart kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova Sirdaryo viloyatining 300 dan ortiq maktab direktorlari bilan uchrashib, ularni qiynayotgan muammolar va rejalar bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuvda bugungi kun zamonaviy maktab rahbari oldidagi vazifalar haqida soʻz bordi:
“Direktorlar meni eng koʻp oʻylantiradigan, taʼlimdagi ogʻriqli nuqtalardan biri. Koʻp yillar maktabda direktor boʻlganim uchun bu lavozimning mashaqqatini bilaman. Taʼlimda faqat sizlar bilan oʻzgarish qila olishimiz mumkin.
Har biringizdan birinchi navbatda halollik talab qilaman. Halol boʻlmagan insonga taʼlimda oʻrin boʻlishi mumkin emas. Halol maktab direktorining faoliyatiga hech kim toʻsqinlik qilishiga yoʻl qoʻymayman. Direktor halol boʻlsa, uning yonida men turaman!
Siz bilan biz oʻqituvchilarning jamiyatdagi obroʻ va nufuzini yuksaltirishimiz kerak. Bugun nima uchun istagan ota-ona maktabga kelib, oʻqituvchiga gapirishga haddi sigʻyapti? Oʻz hurmatini, qadr-qimmatini bilgan oʻqituvchiga hech kim ortiqcha gapirishga haddi sigʻmaydi. Oʻqituvchilarning nufuzini koʻtarish esa sizu bizning vazifamiz.
Maktabga zamonaviy direktor rahbarlik qilsa, buni ota-ona ham sezadi. Shu bois lavozimingizni suiisteʼmol qilmagan holda maktabingizda taʼlim sifatini koʻtarishga oʻzingiz harakat qiling. Viloyatda 325 ta maktab bor. Bu degani, shuncha rahbar va bir-biridan farq qiluvchi shuncha muhit degani. Shunday maktablar borki, infratuzilmasi yaxshi emas, lekin u yerdagi muhitni birorta zamonaviy maktabdan topa olmaysiz.
Yangilikni oʻzimizdan boshlashimiz kerak. Biz esa vazirlik jamoasi bilan birgalikda sizlar bilan yelkama-yelka ishlaymiz. Biz bir kemadamiz - ziyolilar kemasida. Bu tizimda muammo boʻlmasligi uchun oʻz ustimizda tinimsiz ishlashimiz lozim.
Ishimiz ham, jamoamiz ham oilamiz, har ikkisi tinch boʻlsa, koʻnglimiz xotirjam boʻladi. Shunday ekan, barchamizga doimo oiladan oilaga yorugʻ yuz bilan borish nasib qilsin”, — deydi Hilola Umarova.



