So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Angrenda dam olish uchun kelgan erkakning murdasi topildi
10-yanvar kuni Angren IESga qarashli dam olish maskani hududidan oqib oʻtuvchi soydan dam olish uchun kelgan erkakning murdasi topilgan.
“Angren shahri Lashkerak qishlogʻidan ekoturizm uchun tashrif buyurgan sayyohning jasadi topildi. Taxminan 71 yoshlar atrofidagi toshkentlik sayyohning yaqin yoʻldan yurish maqsadida sheriklaridan ajralgani va muzlab qolgani aytilmoqda”, - deyiladi “Nishon 24” telegram kanalida.
Holat boʻyicha Bosh Prokuratura matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki maʼlumotiga koʻra, marhumning oʻlimiga umumiy tashqi muhitdagi past harorat taʼsirida organizmni umumiy sovuq qotishi sabab boʻlganligi koʻrsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Angren shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.