So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Xonanda Dilmurod Daliyev qotillikda gumonlanmoqda
U marhuma bilan nikohdan oʻtmasdan yashab yurgan boʻlgan.
36 yoshli xonanda Dilmurod Daliyev oʻzi bilan birga yashab yurgan ayolni oʻldirganlikda gumonlanib, qoʻlga olindi. Bu haqda “Gazeta.uz”Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, 23-mart kuni soat 01:55 atrofida Rishton tumanida yashovchi 36 yoshli D. D. oʻzi bilan rasmiy nikohdan oʻtmagan holda yashab yurgan 31 yoshli ayol M. B.ning hayotiga zomin boʻlgan.
Nashrning maʼlumotlariga koʻra, gap xonanda Dilmurod Daliyev haqida ketmoqda. Bosh prokuraturaning xabar berishicha, oilaviy janjal oqibatida erkak oshxona pichogʻi bilan ayolga bir necha marta pichoq urgan. Natijada ayol olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.