So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Bandixonda yangi IIB binosi foydalanishga topshirildi
Bugun, 23-mart kuni Bandixon tumani ichki ishlar boʻlimining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali marosimda Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi Abduvohid Ismoilov, tuman mutasaddilari, faxriylar, mahalla va boshqa jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.

Binoda maʼrifat xonasi, maxsus tergov majmuasi, tuman markazidagi videokuzatuv kameralariga ulangan situatsion markaz, yotoqxona, oshxona faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Patrul-post xizmati, yoʻl harakati xavfsizligi va boshqa tezkor qismlar boʻlimning geoinformatsion tizimi orqali boshqaradi.
“Tadbirda soʻzga chiqqanlar tuman ichki ishlar boʻlimi shaxsiy tarkibini yangi bino bilan tabriklab, ichki ishlar tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli aholining tinchlik va xavfsizligini taʼminlashda, fuqarolarning huquqlarini ishonchli himoya qilishning izchil tizimi yaratilganligini taʼkidlashdi.

Bular hammasi xodimlarning siyosiy, maʼrifiy va jangovar tayyorgarligini kuchaytirishga, jinoyat va huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish, ularni tez fursatlarda fosh etishga xizmat qiladi.

Eʼtiborlisi, aholi eng koʻp murojaat qiladigan migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish, yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimlari umumiy binodan alohida joylashgan boʻlib, ularda ham fuqarolar uchun qator qulayliklar yaratilgan”, — deyiladi xabarda.