So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
“Bitta boshga oʻralgan roʻmolning masʼuliyati shu qadar ogʻir ekanini bilmagandim” - Feruza Normatova
Aktrisa Feruza Normatova oʻzining Instagram sahifasida roʻmoli tufayli qiyin vaziyatga tushib qolgani haqida yozib qoldidirdi.
“Juda qiyin ahvoldaman. Arosatda qoldim, vijdonim qiynalib boshim qotdi. Komedik videolar olsam muslimalar nomiga dogʻ tushiryapsan deysiz. Meni esa hali shartnomalarim tugamagan. Hozircha Instagramʼda faol boʻlishim kerak. Ibratli videolar olsam, sengamas bunaqa videolar olish deysiz.
Bitta boshga oʻralgan roʻmolning masʼuliyati shu qadar ogʻir va sinovli ekanini bilmagandim. Bundan keyin Alloh nasib etsa umuman komediya janrida ijod qilmaslikni oʻyladim. Bu borada sizning fikringiz qanday? Menga yordam bering azizlar. Bugunoq bir qarorga kelaman in shaa Alloh” — deydi Feruza.
Maʼlumot uchun, aktrisa bir necha oy oldin hijobga kirganini eʼlon qilgan edi. Shundan soʻng, Feruza seriallarda ham rollar ijro etishini aytib oʻtgan.