So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Ramazon oyi 23-martdan boshlanadi
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida” qarorni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unga koʻra, 2023-yilgi muborak Ramazon oyining boshlanishi 23-mart kuniga toʻgʻri kelishi haqidagi Oʻzbekiston musulmonlari idorasining axboroti maʼlumot uchun qabul qilindi.
“Keyingi yillarda mamlakatimizda “Inson qadri uchun” degan ezgu gʻoya asosida har bir fuqaro erkin va farovon yashaydigan Yangi Oʻzbekistonni barpo etish maqsadida xalqimizning azaliy orzu-intilishlariga hamohang va uygʻun holda keng koʻlamli islohotlar olib borilmoqda.
Oldimizga qoʻygan bunday ulugʻvor vazifani amalga oshirishda biz eng avvalo qadimiy tariximiz va boy madaniyatimizga, yuksak insonparvarlik tamoyillarini oʻzida mujassam etgan milliy va diniy qadriyatlarimizga tayanishimiz tabiiydir.
Ayniqsa, el-yurtimiz doimo orziqib, katta xursandchilik bilan kutib oladigan, jamiyatimizda tinchlik, doʻstlik, mehr-oqibat va bagʻrikenglik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladigan muqaddas Ramazon oyining bu borada alohida oʻrni va ahamiyati borligini taʼkidlash lozim”, — deyiladi qarorda.
Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Din ishlari boʻyicha qoʻmita va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Ramazon oyini milliy anʼana hamda qadriyatlarga mos va munosib tarzda oʻtkazishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasi qoʻyildi.
Bundan tashqari hududlarda Ramazon oyining mazmun-mohiyatida mujassam boʻlgan odamiylik, inson shaʼnini ulugʻlash, yaxshilik va mehru saxovat kabi fazilatlarni namoyon etadigan, bugungi tinch va osoyishta hayotimizni qadrlash, oila va mahallalarda, butun yurtimizda mehr-oqibat, oʻzaro hurmat muhitini mustahkamlash, kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etishga alohida eʼtibor qaratish ham belgilandi.
Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi M.M. Kamilov zimmasiga yuklandi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir