So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Rossiya va Oʻzbekiston azaldan birga boʻlgan va boʻladi” — Prezident
Prezident Navroʻz bayramiga bagʻishlangan bayram tadbirlari doirasida milliy madaniyat markazlari va xalq hunarmandchiligi koʻrgazmalarini tomosha qildi.
Oʻzbekiston va Rossiya ogʻir damlarda hamisha birga boʻlgan, respublikada koʻplab xalqlar vakillari tinch va totuvlikda yashashda davom etmoqda, dedi Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev seshanba kuni Toshkentda Navroʻz bayramiga bagʻishlangan bayram tadbirlarida.
Prezident matbuot xizmati xabariga koʻra, Mirziyoyev seshanba kuni Toshkentdagi “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida oʻtkazilgan bayram tadbirida ishtirok etgan.
Xususan, Prezident milliy madaniyat markazlari va xalq hunarmandchiligi koʻrgazmalarini tomosha qildi. Markaz xodimlari tomonidan Prezidentga rus va oʻzbek xalqlarining umumiy anʼanalari haqida qoʻshiq ijro etilgan.
“Qoʻshiqda Rossiya va Oʻzbekiston azaldan birga boʻlgan va boʻladi, deb toʻgʻri aytilgan. Eng ogʻir damlarda biz birga boʻlganmiz va birga boʻlamiz. Bu bizning asosiy yutugʻimiz”, — dedi Mirziyoyev.
Shuningdek, Oʻzbekiston Prezidenti bugungi kunda respublikada koʻplab xalqlar vakillari tinch va totuvlikda yashayotganini qoʻshimcha qilgan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir