So`ngi yangiliklar
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Samarqandda harakatlanayotgan Tracker-2 yonib ketdi
Ertaga qanday ob-havo boʻladi?
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining hududiy boshqarmalariga rahbarlar tayinlandi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining hududiy boshqarmalariga rahbarlar tayinlandi.

Kayupov Nursultan Sakenovich Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy Innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Madazimov Muzaffar Toxirjon oʻgʻli Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Andijon viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Andijon viloyati hududiy Innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Otamurodov Oybek Baxtiyorovich Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Xorazm viloyati hududiy Innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Kichkilov Sherxon Xamzayevich Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati hududiy Innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Xojimurodov Alisher Xidiraliyevich Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Norboyev Alisher Erkinjon oʻgʻli Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Samarqand viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Samarqand viloyati hududiy Innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Sattorov Ilhomjon Rahimjonovich Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Namangan viloyati hududiy Innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Mirzoyev Oʻtkir Qahhorovich Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Navoiy viloyati Qiziltepa tumani hokimining Innovatsion rivojlanish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Mavlonov Olimjon Abdiraupovich Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Innovatsion rivojlanish vazirligining Qashqadaryo viloyati hududiy innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Naimov Azamat Hikmatovich Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Buxoro viloyati Innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Yusupov Qudratjon Muhammadqodirovich Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar, Innovatsion rivojlanish vazirligi Toshkent viloyati hududiy innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.
Rajabov Bunyod Abduhalilovich Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani hokimining Innovatsion rivojlanish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.



