So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
“Ukraina urushda Rossiyadan magʻlub boʻlsa, Polsha mojaroga qoʻshiladi” — Polsha elchisi
Elchining soʻzlari yuzasidan Polshaning Fransiyadagi elchixonasi tezkor bayonot berdi.

Agar Ukraina Rossiyaga bilan urushda magʻlub boʻlsa, Polsha mojaroga aralashishga majbur boʻladi, deydi Polshaning Fransiyadagi elchisi Yan Emerik Roshishevskiy LSI telekanaliga bergan intervyusida.
“Yoki Ukraina bugun oʻz mustaqilligini himoya qiladi, yo boʻlmasa, biz bu mojaroga aralashishga majbur boʻlamiz, chunki sivilizatsiyamizning asosi boʻlgan qadriyatlarimiz tahdid ostida, shuning uchun bizda tanlash imkoni paydo boʻladi”, — dedi Roshishevskiy.
Biroq, biroz vaqt oʻtib, Polshaning Fransiyadagi elchixonasi diplomat Roshishevskiyning bayonotini rad etdi. Ularning taʼkidlashicha, Polshaning mojaroga kirishi haqidagi soʻzlar kontekstdan “yulib” olingan.
“Elchi Ukraina ittifoqchilarining uni qoʻllab-quvvatlashi zarurligi haqida bahslashdi. Shuningdek, u Rossiyaning Yevropa va uning qadriyatlariga tahdid solayotgani haqida gapirdi.
Polshaning urushda bevosita ishtirok etishi haqida hech qanday soʻz aytilmadi, faqat urushning oqibatlari haqida ogohlantirildi”, — deyiladi elchixona bayonotida.
Qayd etish kerak, Polsha urush boshlanganidan beri Ukrainani qattiq qoʻllab-quvvatlab keladi. Bu mamlakat, xususan, birinchilardan boʻlib Ukraina Qurolli kuchlariga tanklarni, keyin esa jangovar samolyotlarni topshirishga rozi boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, Polsha soʻnggi 50 yil ichida oʻz armiyasini qayta qurollantirish boʻyicha eng yirik kampaniyani boshladi.



