So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Rossiyada oʻzbek hamda tojik quruvchilari oʻrtasida ommaviy mushtlashuv sodir boʻldi
Ommaviy mushtlashuv natijasida quruvchilarning bir nechtasi boshidan ogʻir jarohat olib, reanimatsiya yotqizilgan.
Moskvadagi turar-joy majmuasi qurilishida Tojikiston va Oʻzbekiston fuqarolari oʻrtasida ommaviy mushtlashuv sodir boʻldi. Bu haqda “Baza” xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, 18-mart kuni erta tongda “Ostrov” turar-joy majmuasining ellikdan ortiq ishchisi ommaviy mushtlashuv uyushtirgan.
“Baza”ga koʻra, quruvchilar ovqatlanish vaqtini oʻzaro taqsimlay olishmagan. Yaʼni Oʻzbekiston fuqarolari tojikistonlik hamkasblaridan oldin ovqatlanishni xohlashgan, tabiiyki ular ham xuddi shuni istashgan.
Ommaviy mushtlashuv natijasida quruvchilarning bir nechtasi boshidan ogʻir jarohat olib, reanimatsiyaga yotqizilgan. Ularning yana bir guruhi huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan olib ketilgan.
Maʼlumot oʻrnida, LCD “Ostrov” biznes-klass obyekti hisoblanadi. U Turkiyaning “ANT Yapы Sanayi ve tidjaret Anonim Shirketi” kompaniyasi tomonidan qurilmoqda.