So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Davron Hidoyatov ishga qaytdi
Xabaringiz bor, Chirchiq shahar hokimi Davron Xidoyatov sogʻligʻidagi muammolar tufayli vaqtinchalik taʼtilga chiqqan edi. Effect.uz manbasining xabar berishicha, Hidoyatov bugun, 19-mart kunidan boshlab ish faoliyatiga qaytgan.


Chirchiq shahar hokimi viloyat hokimi oʻrinbosari Barhayot Meliyev bilan birgalikda 14 sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi va “Guliston” mahallasida boʻlib, u yerdagi ichki yoʻllarni va qurilish jarayonlarini hamda obodonlashtirish ishlarini koʻzdan kechirgan. Shu bilan birga Hidoyatov qurilish jarayonlari qay darajada ekanligi xususida mutasaddilar bilan suhbatlashgan.

Shundan soʻng, aholi bilan suhbatlashib aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha mutasaddilarga topshiriqlar bergan.

Maʼlumot oʻrnida, Davron Hidoyatov 1976-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. 1998-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2001-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Hidoyatov 2021-yil bir muddat Toshkent viloyatiga hokim boʻlgan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir