So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Chexiyada “Turkiston” milliy madaniy markazi tashkil etildi
Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston-Chexiya munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi. Munosabatlarning ijobiy natijalari oʻlaroq tashabbuslar qoʻllab-quvvatlanmoqda.
Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston-Chexiya munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi. Munosabatlarning ijobiy natijalari oʻlaroq tashabbuslar qoʻllab-quvvatlanmoqda.
Kosonsoylik yurtdoshimiz U.Bozorov tashabbusi bilan Chexiyaning Praga shahrida oʻzbekistonlik mehnat migrantlari uchun madaniy-maʼrifiy va sport tadbirlarini oʻtkazish, til oʻrgatish, qiynalgan migrantlarga har tomonlama yordam koʻrsatish maqsadida “Turkiston” milliy madaniy markazi tashkil etildi.
Kuni kecha boʻlib oʻtgan markazning ochilish marosimida Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchisi Sarvar Kamilov, prezident qarori asosida tashkil etilgan “Vatandoshlar” jamoat fondining ijrochi direktori Odiljon Sattarov hamda Chexiyadagi vatandoshlar ishtirok etdilar.
Sarvar Kamilov oʻz soʻzida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, Chexiyada ishlayotgan migrantlarni muhofazasi va viza olish tartibi toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, elchi pasporti yoʻqolgan 4 nafar migrantlarga yangi xorijga chiqish pasportlarini topshirdi.
Madaniy markaz hamda “Vatandoshlar” jamoat fondi oʻrtasida “Turkiston” milliy madaniy markazi bilan hamkorlik qilish yuzasidan shartnoma imzolandi. Uchrashuv davomida markazga elchixonaning maxsus esdalik sovgʻalari topshirildi.
“Mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, Chexiyada faoliyat yuritayotgan yurtoshlarimizni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashni maqsad qilganmiz”, - deydi markaz rahbari Bozorov.
Maʼlumot uchun, bugungi kunda markaz faoliyati Telegram ijtimoiy tarmogʻidagi “Kulturni centrum narodu uzbekistanu “Turkistan”” va Facebookdagi “Turkistan – kulturni centrum narodu Uzbekistanu” sahifalarida yoritib borilmoqda.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir