So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
“Don kelishuvi” uzaytirildi» — Turkiya Mudofaa vazirligi
Bu kelishuv Rossiya va Ukraina bilan olib borilgan muzokaralar tufayli amalga oshirilgan.

Qora dengiz doniga oid kelishuv 18-martdan keyin ham amalda qoladi. Bu haqda Turkiya Mudofaa vazirligi maʼlum qildi.
“Prezidentimiz, Mudofaa vaziri va tegishli vazirliklar tomonidan oʻtkazilgan muzokara va muloqotlar yakunlariga koʻra, Qora dengiz yoʻlagi boʻyicha kelishuv 2023-yil 19-martdan uzaytirildi.
Bitim amalga oshirilgani tufayli, mintaqada va butun dunyoda tinchlik-osoyishtalikni taʼminlash, oziq-ovqat mahsulotlari narxini shakllantirish va barqarorligini taʼminlashga jiddiy hissa qoʻshayotgan mazkur korxona tomonidan shu kunga qadar ehtiyojmand mamlakatlarga 25 million tonna don eksport qilindi.
Tashishga 800 dan ortiq kemalar jalb etildi”, — deyiladi harbiy departamentning Twitterʻdagi sahifasida eʼlon qilingan matnda.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon shanba kuni don yoʻlagi boʻyicha kelishuv muddatini koʻrsatmasdan uzaytirilishini eʼlon qildi.
Uning qoʻshimcha qilishicha, bu Rossiya va Ukraina bilan olib borilgan muzokaralar tufayli amalga oshirilgan va BMTga Istanbul kelishuvlarini uzaytirish borasidagi saʼy-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirgan.
Ukrainadan oziq-ovqat eksporti boʻyicha kelishuvlar oʻtgan yilning 22-iyulida Istanbulda 120 kunga tuzilgan va noyabr oyida ham xuddi shu muddatga uzaytirilgan edi.
Bitimlardan biri Kiyev tomonidan nazorat qilinadigan Odessa, Chernomorsk va Yujniy portlaridan donni eksport qilishni tartibga soladi.



