So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Amerika orzusi. DXX odamlar qoʻynini “puch yongʻoq” bilan toʻldirgan shaxslarni qoʻlga olindi
Soʻnggi vaqtlarda fuqarolarni noqonuniy yoʻllar orqali Amerika Qoʻshma Shtatlariga yuborishga urinish holatlari tez-tez kuzatilayotgan boʻlib, unda qoʻshtirnoq ichidagi uddaburonlar jabrlanuvchilarning pullarini olib, yarim yoʻlda ularni taqdir izmiga tashlab ketayotganliklari ayni haqiqat.
Xususan, Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand shahrida yashovchi, 1980-y.t. shaxs oʻzganing ishonchiga kirib, 30 ming AQSH dollari evaziga tanishlari orqali uni Amerika Qoʻshma Shtatlariga yuborishini aytib, oldindan 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Boshqa bir holatda esa Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida yashovchi, 1996-y.t. shaxs Jizzax viloyatining Doʻstlik tumanida istiqomat qiluvchi, 1981-y.t. fuqaroning ishonchiga qirib, tanishlari yordamida uni Qoʻshma Shtatlarga yuborish evaziga 21 ming AQSH dollari talab qiladi.
DXX Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Gʻallaorol tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, u 10 ming AQSH dollari va 100 mln. soʻm olgan vaqtida ushlandi.
Toshkent shahrida qayd etilgan holatda, nufuzli universitetlardan birining talabasi yuqori tashkilotda ishlovchi tanishlari orqali Jizzax viloyatining Mirzachoʻl tumanida yashovchi fuqaroni Amerikaga yuborish evaziga 20 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 3 ming AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ushlandi.
Taʼkidlash lozimki, har uchchala holatda fuqarolarga “Oʻzbekiston – Turkiya – Yevropa – Meksika – AQSH” yoʻnalishida Qoʻshma Shtatlarga ishlash uchun yuborish vaʼda qilingan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.