So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Xalqaro Gaaga sudi Putinni hibsga olishga order berdi
Xalqaro jinoiy sud Putin va Lvova-Belova ukrainalik bolalarni noqonuniy deportatsiya qilishda gumon qilinayotganini maʼlum qildi.

Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda bolalar huquqlari boʻyicha komissari Mariya Lvova-Belovani hibsga olish uchun xalqaro orderlar chiqardi.
“Bugun, 2023-yil 17-mart kuni Xalqaro jinoiy sudning Ikkinchi sudgacha boʻlgan palatasi Ukrainadagi vaziyat yuzasidan ikki shaxsni hibsga olishga order berdi. Bular —janob Vladimir Vladimirovich Putin va xonim Mariya Alekseyevna Lvova-Belova”, — deyiladi Xalqaro jinoiy sud xabarida.
Xalqaro jinoiy sud Putin va Lvova-Belova ukrainalik bolalarni noqonuniy deportatsiya qilishda gumon qilinayotganini maʼlum qildi.
Payshanba kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Tergov komissiyasi ukrainalik bolalarning Rossiyaga olib ketilishi urush jinoyati sifatida baholanishi mumkinligini taʼkidlagan edi.
“Janob Vladimir Vladimirovich Putin, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti, aholini (bolalarni) noqonuniy deportatsiya qilish va aholini (bolalar) Ukrainaning bosib olingan hududlaridan noqonuniy olib oʻtish kabi harbiy jinoyatlar uchun javobgardir”, — deyiladi xabarda.
Xalqaro jinoiy sud sudyalarining qoʻshimcha qilishicha, ular Putin bu jinoyatlar uchun ham jinoyatlarning bevosita ishtirokchisi, ham qoʻl ostidagilari uning roziligi bilan yoki roziligisiz bu jinoyatlarni sodir etgan rahbar sifatida shaxsan javobgar deb hisoblash uchun yetarli asoslarga ega.



