So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Si Szinpin Rossiyaga tashrif buyurishi kutilmoqda
Xitoy rahbarining tashrifi doirasida bir qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 20—22-mart kunlari davlat tashrifi bilan Rossiyada boʻladi. Bu haqda deya xabar qildi Kreml matbuot xizmati juma kuni.
Maʼlum qilinishicha, davlat rahbarlarining muzokaralarida Rossiya va Xitoy oʻrtasidagi har tomonlama sheriklik munosabatlari va strategik hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi.
Shuningdek, Xitoy rahbarining rus diyoriga tashrifi doirasida bir qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
“Bir qator muhim ikki tomonlama hujjatlar imzolanadi”, — deyiladi Kreml matbuot xizmati xabarida.
Rossiya prezidenti va Xitoy rahbari boʻlajak muzokaralarda xalqaro maydondagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qiladi.
“Xalqaro maydonda Rossiya-Xitoy hamkorligini chuqurlashtirish kontekstida fikr almashish rejalashtirilgan”, — deb qoʻshimcha qilingan xabarda.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir