So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Qoraqalpoq voqealari: Mustaqil komissiya sud raisidan 39 nafar ayblanuvchiga insonparvarlik tamoyillari asosida jazo tayinlanishini so‘radi

Xabaringiz bor, joriy yilning 6 fevral kuni Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan 39 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlangan edi.
Bugun, 17 mart kuni Buxoro sudida 39 nafar ayblanuvchiga nisbatan sud hukmi o‘qib eshittiriladi.
“Komissiya a’zolari F.Eshmatova boshchiligida Buxoro viloyatiga tashrif buyurishdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiya a’zolari sud raisidan ayblanuvchilarga jazo tayinlashda insonparvarlik tamoyillari asosida, ularning sodir etgan qilmishlaridan chin ko‘ngildan pushaymon ekanligi, o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargani, qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandlari borligi, oilaviy sharoiti va ijtimoiy holatini e’tiborga olib adolat mezonlariga muvofiq jazo tayinlanishini so‘radi.
Mustaqil komissiya so‘ngi yillarda sud tizimida amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlarga tayangan holda ayblanuvchilarga nisbatan adolatli va odil qaror qabul qilinishiga ishonadi”, — deyiladi xabarda.



