So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Ayrim viloyatlarda Odam DNKsi ekspertizasi yoʻlga qoʻyila
Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda sud ekspertizasi sohasida ekspertlik ishlarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori (11-son, 10.01.2022-y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Fargʻona, Surxondaryo, Xorazm hududiy boʻlimlarida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi va Samarqandda Odam DNKsiga qoʻshimcha ravishda Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalari tashkil qilinadi.
Adliya vazirligi:
- 2022-yil 1-iyulgacha Samarqanddagi, 2022-yil 1-dekabrgacha Fargʻonadagi, 2024-yil 1-sentyabrgacha ekspertiza boʻlimlarini xalqaro standartlarga mos binolarga joylashtiradi;
- 2022-yil 1-noyabrgacha Xorazmdagi ekspertiza boʻlimini zarur texnikalar bilan taʼminlaydi;
- 2023-yil 1-yanvargacha sud ekspertiza xulosalarini xalqaro tan olinishini taʼminlash uchun Sud-fonografiya va Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazadi.