So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Ta’mirtalab yo‘llar, eski poliklinika — Prezident tashrifidan so‘ng Qiziriqda nimalar o‘zgaradi?
Surxondaryo viloyatiga yangi tayinlangan Ulug‘bek Qosimov Prezident topshirig‘ini amalda bajarish maqsadida muammoli hududlarga bormoqda.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar, ilgari surilgan tashabbuslar, kelgusidagi vazifalar haqida aholini xabardor qilish maqsadida, bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Qiziriq tumanida bo‘lib, nuroniylar, mehnat faxriylari hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, tumanning “Gulobod” mahallasida o‘tkazilgan uchrashuvda Prezidentning tashrifida belgilab berilgan vazifalar mazmun-mohiyati aholiga yetkazilib, aholini qiynab kelayotgan muammolar tinglandi.

Tashrifdagi topshiriqlardan kelib chiqib, Qiziriq tumani, xususan “Gulobod” mahallasi infratuzilmasini yaxshilash borasida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilingan.

“Tuman mas’ullari va soha mutasaddilariga mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, yo‘llarni ta’mirlash, aholining farovon hayot kechirishi uchun sharoitlar yaratish bo‘yicha topshiriq va vazifalar belgilab berildi. Shundan so‘ng mahalladagi yo‘llar holati hamda 46-son oilaviy poliklinikasining “Gulobod” filiali binosi ko‘zdan kechirildi.

Yo‘llar ta’mirtalabligi, tibbiyot muassasasi binosi eski, ta’mirtalab holatiga mas’ullar tomonidan e’tibor qaratilmaganligi tanqid qilindi. Mutasaddilarga yo‘llarni ta’mirlash dasturini, tibbiyot maskani binosini esa rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish topshirildi”, — deyiladi xabarda.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir