So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Navoiyda turmush oʻrtogʻini bolta bilan urib oʻldirgan ayolga hukm oʻqildi
2021-yilning 1-avgustida Navoiy viloyati Navbahor tumanida ikki bolaning onasi boʻlgan ayol farzandlarining otasini bolta bilan chopib oʻldirgan edi. Konimex tumani sudida aybdorga sud hukmi oʻqildi, deya xabar bermoqda Yangi davr informatsion koʻrsatuvi.
Qayd etilishicha, ayol turmush oʻrtogʻiga 13-marta bolta urib oʻldirgan va jinoyat izini yashirish maqsadida uyga oʻt qoʻygan.
Marhumning otasi oʻgʻlining bevaqt vafot etishi haqida shunday dedi:
“Nimaga bizni bolamizdan mahrum qiladi. Azob bergan taqdirida ham bunday qilishga haqqi yoʻq-ku. Oʻgʻlim xotiniga ogʻir shikast yetkazganmagan edi, Ogʻzaki kelishmovchiliklar chiqqan boʻlishi mumkin”
Ayol sudda turmush oʻrtogʻini yaxshi koʻrganini aytib unga yengillik berilishini soʻragan.
Sud hukmiga koʻra, jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan jazoni qisman koʻrish yoʻli bilan uzil-kesil 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.