So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
«O‘zbekistonga meros bo‘lib qolgan siyosiy tuzilmalar inson huquqlarini e’tiborga olmagan» – BMT Inson huquqlari bo‘yicha Bosh komissari Volker Turk
BMT Inson huquqlari bo‘yicha Bosh komissari Volker Turk O‘zbekiston haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«O‘tgan uch kun davomida meni iliqlik va mehmonto‘stlik bilan kutib olishdi, davlat mansabdor shaxslaridan tortib, huquq himoyachilarigacha bo‘lgan keng doiradagi odamlar bilan ochiq va samimiy suhbatlar o‘tkazdim.
Bugun ertalab Prezident Shavkat Mirziyoev bilan uchrashdim, va u amalga oshirilayotgan islohotlarga batafsil to‘xtalib o‘tdi.
O‘tgan olti yil ichida O‘zbekistonda o‘zgarishlar bo‘yicha ko‘p ishlar qilindi va men istiqboldagi sa’y harakatlarda inson huquqlarini e’tibor markazida saqlashga bo‘lgan sadoqatiga yuqori baho berdim.
O‘zbekistonning tarixi rang-barang va boy, va ayni paytda murakkabdir. Men bu o‘lkaga o‘tgan gal Sovet Ittifoqidan endi mustaqillikka erishgandan so‘ng ko‘p o‘tmay tashrif buyurganman va bugun men o‘sha paytdagidan butunlay boshqacha mamlakatni ko‘rdim. Toshkentda atrofingizga nazar tashlash kifoya. Bugun men imkoniyatlarga to‘la, jo‘shqin mamlakatni ko‘rayotganimni yana takrorlayman.
O‘zbekistonga meros bo‘lib qolgan siyosiy tuzilmalar inson huquqlarini e’tiborga olmagan. So‘nggi olti yil ichida bu tubdan o‘zgardi. Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlar keng ko‘lamli sohalarda muhim huquqiy islohotlarni o‘z ichiga oldi:
paxta dalalarida majburiy mehnatga barham berish;
76 000 dan ortiq avval fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga fuqarolik berish;
Suriya va boshqa erlardagi lagerlardan 500 dan ortiq ayol va bolalarning qaytarib, olib kelish va qayta integratsiyasini ta’minlash. Men boshqa davlatlarni ham o‘rnak olishga chaqiraman.



