So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Ulug‘bek Qosimovga ikki o‘rinbosar tayinlandi
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovga ikki nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi.
Oripov Anvar Xomitovich Surxondaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, u 1985 yil Termiz shahrida tug‘ilgan. 2007 yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan, shuningdek, 2007-2010 yillarda Buyuk Britaniyaning London shahri Pimliko Akademiyasi ingliz tili kurslari tinglovchisi. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi.

Anvar Oripov mehnat faoliyati davomida Toshkent viloyati tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi etakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bosh mutaxassisi, Surxondaryo viloyati Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi boshlig‘i, “O‘zagroeksport” AJ boshqarma boshlig‘i, Vazirlar Mahkamasida sho‘’ba etakchi mutaxassisi lavozimlarida mehnat qilgan.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2018 yildan buyon Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Bundan tashqari, Ismoilov Farhodjon Vohobovich Surxondaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. U 1970 yil Farg‘ona viloyati Quva tumanida tug‘ilgan. 1997 yilda Farg‘ona politexnika institutini, 2002 yilda Toshkent davlat yuridik instituti tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – muhandis, huquqshunos.

F. Ismoilov mehnat faoliyati davomida Farg‘ona shahar sudi sud ijrochisi va prokuratura organlarida turli lavozimlarda mehnat qilgan. Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2023 yildan buyon Farg‘ona viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir