So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
BMT vakili O‘zbekistonning qonun ustuvorligini ta’minlash borasidagi harakatlarini yuqori baholadi – Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoev 15 mart kuni BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Turkni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, muloqotda inson manfaatlarini ilgari surish va huquqlarini himoya qilish masalalarida O‘zbekiston bilan BMT tuzilmalari o‘rtasidagi konstruktiv muloqot va amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilingan.
Davlat rahbari keyingi yillarda BMT bilan ushbu sohadagi hamkorlikda yuksak darajaga erishilganini mamnuniyat bilan qayd etib, inson huquq va manfaatlarini himoya qilish Birlashgan Millatlar Tashkiloti Barqaror rivojlanish maqsadlariga to‘liq hamohang bo‘lgan O‘zbekistondagi islohotlar strategiyasining bosh ustuvor yo‘nalishi ekanini ta’kidlagan.
BMT Oliy komissari O‘zbekistonning bolalar va majburiy mehnatga barham berish, gender tenglikni ilgari surish, sud idoralarining mustaqilligini va qonun ustuvorligini ta’minlash borasidagi muvaffaqiyatlarini yuqori baholagan.
Umumjahon inson huquqlari deklaratsiyasining 75 yilligida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturi qabul qilingani, O‘zbekiston BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konventsiyasini ratifikatsiya qilgani, qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokidagi preventiv mexanizm yaratilgani, shuningdek, mojarolar hududlaridan xotin-qizlar va bolalar o‘z yurtiga qaytarilgani, ular qayta ijtimoiy integratsiyalashuvi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgani alohida qayd etilgan.
O‘zbekiston BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga 2021-2023 yillar davriga saylangani hamda O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar asosida yoshlar huquqlariga oid Kengashning qator rezolyutsiyalari qabul qilingani inson huquqlarini ta’minlash borasidagi yutuqlarning keng e’tirofi bo‘lgan.
Oliy komissar BMT tuzilmalarining O‘zbekistondagi ortga qaytmas islohotlarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish niyati qat’iy ekanini tasdiqlagan. Inson huquqlarini monitoring qilishda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini kuchaytirish, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va penitentsiar muassasalar xodimlarini o‘qitish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini bildirgan.
Uchrashuv yakunida konstruktiv muloqotni yanada mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishilgan.



