So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
«Hukumat soatida» Ramatov, Mahkamov va Umarovaga Parlament so‘rovi kiritildi
Bugun, 15 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida navbatdagi “Hukumat soati” bo‘lib o‘tyapti. Yig‘ilishda xalq vakillari – senatorlar “Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi masalani muhokama qilyapti.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakillari ushbu muhokamada Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov, Transport vaziri Ilhom Mahkamov va Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaga parlament so‘rovini kiritish bo‘yicha qaror qabul qilingan.
Ta’kidlanishicha, Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatovga “Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini to‘xtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash bo‘yicha hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi masala yuzasidan Qonunchilik palatasining parlament so‘rovini yuborish haqida qaror qabul qilingan.

Shuningdek, yalpi majlisda Transport vaziri Ilhom Mahkamovga “Avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash va saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi masala yuzasidan Qonunchilik palatasining parlament so‘rovini yuborish haqida qaror qabul qilingan.

Bundan tashqari, majlisda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaga “Maktablarning o‘quvchi o‘rinlarini oshirish, ularning moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash hamda optik tolali internet tarmog‘iga ulash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi masala yuzasidan Qonunchilik palatasining parlament so‘rovini yuborish haqida ham qaror qabul qilingan.

Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir