So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Kattaqo‘rg‘ondagi ohak tsexi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi
Samarqand viloyati “Kattaqo‘rg‘onshaxargaz” gaz ta’minoti bo‘limidan olingan ma’lumotga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on shahar DXX, shahar prokuraturasi, shahar IIB, shahar elektr tarmoqlari korxonalari bilan hamkorlikda tabiiy gazdan foydalanish yuzasidan reyd tadbiri o‘tkazilgan.
Tadbir davomida Kattaqo‘rg‘on shahar Amir Temur nomli mahallada yashovchi A.Aga tegishli bo‘lgan, Ko‘hnadam mahallasidagi turar joy ko‘zdan kechirilganda, tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tmasdan elektr energiyasi va tabiiy gazga ulangan holda 3 ta ohak tsexi tashkil etganligi aniqlandi.
Bundan tashqari fuqaro A.A Kattaqo‘rg‘on tumani Go‘zal mahallasidagi yana 2 ta turar joy binosida ham 4 ta pech qurib, elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan xuquqni muxofaza qilish organlari tomonidan surishtiruv tadbirlari davom etmoqda.